Текст песни Hadicha - Aziz diyorim

Olamda tanho yurtim o‘zingsan
Boshimda nurli samo, sen baxtimdirsan
Mening yoshligim, mening sevgim
Eng go‘zal orzularim, quvonchim sensan

Tuprog‘i oltin, qushlar sayragan gulzorim
Bag‘ri butunim, dunyo ichra betakrorim
Ishongan tog‘im, osmonlarga yetgan tog‘im
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim

Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, sen buyugim, beg‘uborim
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim

Eng go‘zal navo, qo‘shig‘im sensan
Go‘yo mehringdan sado, mening qalbimsan
Bag‘ringda yursam yo‘qdir armonim
Ko‘ngildagi g‘ururim, sen shodligimsan

Tuprog‘i oltin, qushlar sayragan gulzorim
Bag‘ri butunim, dunyo ichra betakrorim
Ishongan tog‘im, osmonlarga yetgan tog‘im
Mening vatanim, keng quloch yozgan chinorim

Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, sen buyugim, beg‘uborim
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim

Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, oh mening mangu bahorim
Aziz diyorim, sen buyugim, beg‘uborim
Sensan yuragim, eng yaqinim, mehribonim


Похожие текст песни