Текст песни Sardorbek Azimov - Ota-onam

Do‘sar nogoh sotib ketganda
Qalbimga tosh otib ketganda
G‘am yelkamda botib ketganda
Ota-onam bor deb quvondim

Goh qo‘llarim tutganda alam
Ko‘ringanda ko‘zlarimda nam
Omad ketib yiqilganda ham
Ota-onam bor deb quvondim

Ota-onam boy deb ham emas
Ota-onam bor deb quvondim (2x)

Olloh deya oldim har nafas
Qilmadim mol-dunyoga havas
Ota-onam boy deb ham emas
Ota-onam bor deb quvondim

Otam mening suyangan tog‘im
Onam mening ishongan bog‘im
Goh ezilib, siqilgan chog‘im
Ota-onam bor deb quvondim

Ota-onam boy deb ham emas
Ota-onam bor deb quvondim (2x)

Borligining o‘zi katta baxt
Kerak emas oltinlar-u taxt
Ulug‘bek der dunyoda faqat
Ota-onam bor deb quvondim
Ota-onam bor deb quvondim


Похожие текст песни