Текст песни Nodir Zoitov - Jonim mani

Jonim mani, jonim mani
Ko‘ngil berib chin sevganim, yorim mani
Jonim mani, jonim mani
Sog‘inganim, yurakdagi zorim mani

Bu ko‘zlarim nuri, nigohim bahori
Bu jonim huzuri, yuragim madori
Yonida yurmasam axir qanday bo‘lar?
Bir nafas ko‘rmasam yurak g‘amga to‘lar

Jonim mani, jonim mani
Ko‘ngil berib chin sevganim, yorim mani
Jonim mani, jonim mani
Sog‘inganim, yurakdagi zorim mani

Xayolim ila band kecha-yu kunduzim
Dilimga orzumand u mening yulduzim
Koshki edi yonimdan ketmasa bir nafas
Men uni jonimdan sevaman, bo‘ldi bas

Jonim mani, jonim mani
Ko‘ngil berib chin sevganim, yorim mani
Jonim mani, ex jonim mani
Sog‘inganim, yurakdagi zorim mani

Qalbim og‘rintirib kuydirar firoqda
Tokay sog‘intirib yuradi yiroqda
Yonimda bo‘lsa gar baxtim butun bo‘lar
Uni men na qadar sevishimni bilar

Jonim mani, jonim mani
Ko‘ngil berib chin sevganim, yorim mani
Jonim mani, jonim mani
Sog‘inganim, yurakdagi zorim mani (2x)

Sog‘inganim, yurakdagi zorim mani


Похожие текст песни