Текст песни Bekmurod Tursunov - Jigarlarim asragin Olloh

Haftada bir ko‘rishmasak ham
Dildan suhbat qurishmasak ham
Tashvishlarsiz kulishmasak ham
O‘zing bo‘lgin ularga panoh
Jigarlarim asragin Olloh

Balki hayot sinovlar berib
Qiynab qo‘ysa yo‘qchilik kelib
Bermasam gar o‘zimdan ortib
O‘zing bo‘lgin ularga panoh
Jigarlarim asragin Olloh

Asragin, asragin, asragin Olloh
Jigarlarim asragin Olloh
Asragin, asragin, asragin Olloh
O‘zing bo‘lgin ularga panoh

Aslo berma joniga ozor
Xafa qilma ko‘pdir dilozor
Dunyo asli bir kamlik bozor
O‘zing bo‘lgin ularga panoh
Jigarlarim asragin Olloh

Ko‘rganlari faqat to‘y bo‘lsin
Topganlari faqat bo‘y cho‘zsin
Ostonasi nurlarga to‘lsin
O‘zing bo‘lgin ularga panoh
Jigarlarim asragin Olloh

Asragin, asragin, asragin Olloh
Jigarlarim asragin Olloh
Asragin, asragin, asragin Olloh
O‘zing bo‘lgin ularga panoh (2x)


Похожие текст песни