Musofirga demang oson
Birda yaxshi, birda yomon
Yotqizib bermas hech kim non
Oq-qorani ko‘rgan akam
Musofirda yurgan akam
O‘zga yurtning noni qattiq
Musofirning joni qattiq
Qaddingizni tuting siz tik
Past-balandni ko‘rgan akam
O‘zga yurtda yurgan akam
Musofirda yurgan akam
Jigarim deb o‘lgan akam
O‘z mehrini bergan akam
Asrasin sizni Ollohim
Dardlarimni bilgan akam
Sirlarimga sirdosh akam
Sog‘inaman har on sizni
Asrasin sizni Ollohim (2x)
Qo‘llarimga sozni tutdim
Sizga atab qo‘shiq bitdim
Dilda borim izhor etdim
Past-balandni ko‘rgan akam
O‘zga yurtda yurgan akam
Musofirda yurgan akam
Jigarim deb o‘lgan akam
O‘z mehrini bergan akam
Asrasin sizni Ollohim
Dardlarimni bilgan akam
Sirlarimga sirdosh akam
Sog‘inaman har on sizni
Asrasin sizni Ollohim (2x)