Текст песни Timurjan Kadirberdiev - Go`zalsan

Qoshlaring qaro dedim
O‘smalar ham uyaldi
Yuzlaring jilo dedim
Jilvalar ham uyaldi

Sochlaringni sharsharasi
Bellaringga buraldi
Qara, bitta so‘zingdan
Qancha dardim tuzaldi (2x)

Sen hammadan go‘zalsan
Sen hammadan asalsan
Seni sevmay bo‘lmaydi
Bitilmagan g‘azalsan (2x)

Farishtayi azalsan

Qadam qo‘ygan joyingdan
Gul-u chechak unarlar
Osmondagi yulduzlar
Kiprigingga tunarlar

Buncha noz-u nazokat
Zanjirlovchi hunarlar
Oshiqlaring poyingga
Jon berishga ko‘narlar (2x)

Sen hammadan go‘zalsan
Sen hammadan asalsan
Seni sevmay bo‘lmaydi
Bitilmagan g‘azalsan (2x)

Farishtayi azalsan

Sen hammadan go‘zalsan
Sen hammadan asalsan
Seni sevmay bo‘lmaydi
Bitilmagan g‘azalsan (4x)

Farishtayi azalsan


Похожие текст песни