Quyonlar do‘q urib bo‘ri jim tursa
Nodonham karillab donoman desa
Farzand otasidan yuzin o‘girsa
Qiyomat boshlandimi, bu nima bo‘lmasa?
Akani ukadan ko‘ngli to‘lmasa
Opalar singildan xabar olmasa
Ukaning akadan ko‘ngli to‘lmasa
Singillar opadan xabar olmasa
Farzand to‘y qilsa-yu ota bilmasa
Qiyomat boshlandimi, bu nima bo‘lmasa?
Qo‘shni och o‘tirib qo‘shni pul sotsa
Ishongan do‘sting ham sirlaring ochsa (2x)
Eng og‘ir kuningda yaqinlar qochsa
Qiyomat boshlandimi, bu nima bo‘lmasa?
Chaqaloq tug‘ilib issiq sotilsa
O‘tgan marhumlarga toshlar otilsa
Arzimas chaqa deb vatan sotilsa
Qiyomat boshlandimi, bu nima bo‘lmasa?
Inson bo‘laturib odam pullasa
Qishda, qaxratonda bodom gullasa
Onasin ishidan qizlar uyalsa
Qiyomat boshlandimi, bu nima bo‘lmasa?
Mirzo ham yetti o‘lchab bir kesar bugun
Yurakdagi dardlar tugilgan tugun (2x)
Bu yorug‘ olamga Ollohdur ustun
Men tayyorgarlik ko‘ray qiyomat uchun
Men tayyorgarlik ko‘ray qiyomat uchun