Текст песни Sherzod Qayumov - Birodarlar

Bu dunyoda bir umrlik davron yo‘q
Vaqti kelib yiqilmagan polvon yo‘q
Tushdayin bu orzu-havas, mol-dunyo
Bizga qadar ayting kimdan qolgan yo‘q

Birodarlar biling mangu davron yo‘q
Vaqti kelib yiqilmagan polvon yo‘q
Tushdayin bu orzu-havas, mol-dunyo
Bizga qadar ayting kimdan qolgan yo‘q (2x)

Jonimiz bu tanni tark etib ketar
Ikki g‘isht go‘rimiz ko‘zin berkitar
So‘ngra o‘zga go‘rga g‘isht qo‘ymoq uchun
Bizning tuproqlarni ezib loy etar

Qorni to‘qlar o‘zga dardin sezolmas
Har banda ham orzusiga yetolmas
Karvon bitta, rizqi mingta deydilar
Birovning rizqin birov yeb ketolmas

Birodarlar biling mangu davron yo‘q
Vaqti kelib yiqilmagan polvon yo‘q
Tushdayin bu orzu-havas, mol-dunyo
Bizga qadar ayting kimdan qolgan yo‘q (2x)


Похожие текст песни