Ko‘changizdan kelar yor-yor sadosi
Yurak-bag‘rim ezar surnay navosi
Muhabbatim mening qalbim davosi
Ishqimizni yuragingga ko‘mib qo‘y
Seni mendek hech kim sevmas bilib qo‘y
G‘arib oshiq ko‘nglimizni vayron etib
Sizga bo‘lgan sevgimizni hayron etib
Muhabbatim ishq bog‘ini payhon etib
Ishqimizni yuragingga ko‘mib qo‘y
Seni mendek hech kim sevmas bilib qo‘y
Oqqushginam, oqqushginam
Boyvachchani quchib ketgan sarhushginam
Oqqushginam, oqqushginam
Qaytmaydigan bir lahzalik bir tushginam (2x)
Sevgimizni tillolarga sotdingizmi?
Boy uyida to‘lin oydek botdingizmi?
O‘ziz boyni quchog‘iga otdingizmi?
Ishqimizni yuragingga ko‘mib qo‘y
Seni mendek hech kim sevmas bilib qo‘y
Bugun dardli yurakginam to‘lib ketdi
Sevganimni tillo-zarlar olib ketdi
Boyvachchalar ustimizdan kulib ketdi
Ishqimizni yuragingga ko‘mib qo‘y
Seni mendek hech kim sevmas bilib qo‘y
Oqqushginam, oqqushginam
Boyvachchani quchib ketgan sarhushginam
Oqqushginam, oqqushginam
Qaytmaydigan bir lahzalik bir tushginam (2x)