Uyimizni devorlari oqlanib
Uyimizga mehmon to‘ldi akajon
Yo‘qlamagan odam yo‘qlab kelyapti
Bizda ham pul bor-da endi akajon (2x)
Sabr qildik bizga omad kulyapti
Onam tinmay bizni duo qilyapti
Do‘stlarimni soni ortib boryapti
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Kambag‘al deb g‘iybat qilganlar qani?
Nahot shunday o‘zgarsa-da bu zamon?
Bugun qarang meni tinmay maqtashar
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Tashvish, g‘amlar boshdan o‘tdi hammasi
Ammo bitmas shu qalbimning yarasi
Uzr so‘rar sevgan qizim ammasi
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Sabr qildik bizga omad kulyapti
Onam tinmay bizni duo qilyapti
Do‘stlarimni soni ortib boryapti
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Xudo suysa omading ham berarkan
Quvonchlarim cheksiz bugun bir jahon
Bir maqtanib qo‘yay dedim erkalab
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Sabr qildik bizga omad kulyapti
Onam tinmay bizni duo qilyapti
Do‘stlarimni soni ortib boryapti
Bizda ham pul bor-da endi akajon
Bizda ham pul bor-da endi akajon