Текст песни Alisher Rustamov - Dada

O‘sha quyosh, o‘sha osmon ham
Afsus nima, nimasidir kam (2x)

Xayollarim qilolmayman jam
Sizni juda sog‘indim Dada (2x)

Shamol huddi o‘shanday esar
Yomg‘ir yana kamalak yasar (2x)

Ko‘nglim to‘lmas notavon, qaysar
Sizni juda sog‘indim Dada (2x)

To‘ylar qilsam bosh bo‘ladi kim?
Ham ko‘z-u ham qosh bo‘ladi kim? (2x)

O‘ylayversam yonadi ichim
Sizni juda sog‘indim Dada (2x)

Suratingiz jonlanar goho
Bolam deydi sog‘ bo‘l iloho
Duoingiz tengsiz, bebaho
Sizni juda sog‘indim Dada
Sizni juda sog‘indim Dada
Sizni juda sog‘indim Dada


Похожие текст песни